"Yunayted" Van-Bissaka bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019
"Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Uan-Bissaka yaqin vaqtlarda "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, tomonlar 21 yoshli futbolchining transfer narxini 47,5 million evro qilib belgilashgan. Shuningdek, yana bir qancha bonuslar ham bor.

Qayd etish kerak, mankunianliklar himoyachining narxini biroz tushurishga erishishdi. Oldinroq londonliklar futbolchisi uchun 60 million evro so'rayotgandi.

Yakunlangan mavsumda Uan-Bissaka "Pelas" tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 4 gol kiritgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail

O'xshash yangiliklar