Yubiley golini urgan Benzema Messi, Ronaldu, Di Stefano kabi afsonalarning qatoridan joy oldi

Eldor Akmurzayev
25 avg 2019, 01:00
Real hujumchisi Karim Benzema LaLiganing 2-turidan o'rin olgan Valyadolidga qarshi o'yinning (1:1) 82 daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Ushbu aniq zarba Benzemaning LaLigadagi faoliyati davomida kiritgan yubiley 150-goliga aylandi. U bunday natijaga qayd etgan Ispaniya chempionati tarixidagi ilk fransiyalik futbolchi bo'ldi.

Shuningdek, 31 yoshli forvard Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Ugo Sanches, Alfredo Di Stefano, Samuel Eto'O hamda Ferenc Pushkashdan keyin mazkur ko'rsatkichga erishgan ettinchi o'yinchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: LaLiga