Yovich "Real"ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
19 apr 2019, 15:02
"Real" yaqin vaqt ichida "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovich transferini yakunlaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klublar forvard transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin turishibdi. Transfer 50-60 mln. evro evaziga amalga oshadi. Bu mablag'ning 20% serbiyalikning sobiq klubi "Benfika" hisobiga o'tadi.

Yovichga "Bavariya" va "Barselona" qiziqish bildirayotgan edi.

21 yoshli Yovich joriy mavsum Bundesliganing 27ta uchrashuvida maydonga tushib, 17ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS