

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard uchun kurashda Madrid klubi ustunlik qilmoqda. Bir necha kun oldin serbiyalik futbolchi Kataloniya klubiga o'tishga yaqin edi, ammo endi yetakchi o'zgardi.
Futbolchining agenti Fali Ramadani "Real" bosh direktori bilan uchrashganidan so'ng vaziyat o'zgardi. Agent "qaymoqranglilar"ning loyihasidan mamnun bo'ldi va bu haqida mijozi Yovichga ma'lum qildi. Endi futbolchi Madridga ko'chib o'tishni maqsad qilgan.
Oldinroq, 21 yoshli hujumchiga "Bavariya" ham qiziqayotgani e'lon qilingan edi.



