Yovich "Ayntraxt"ga qaytishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2021
"Real" hujumchisi Luka Yovich qishda jamoani tark etadi.

"Goal" xabariga ko'ra, "Ayntraxt" 23 yoshli forvardni ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi. Ushbu transfer hafta yakunida e'lon qilinishi kutilmoqda. Uning xizmatlariga "Milan" hamda "Vulverxempton" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lgandi.

Yovich ushbu mavsum LaLiganing 4 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal