Yoshlar terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati

Narzulla Saydullayev
7 may 2013, 13:11
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-20) 5 may kuni Toshkentda qisqa yig'in boshladi.
Ahmadjon Musaev ushbu yig'inga 30 nafar futbolchini chaqirdi. Yig'inda ko'plab yangi futbolchilar ham jalb etilishgan.

Yoshlarning yig'ini 7 may kuni tugaydi. Shu kuni jamoa ikkiga bo'lingan holda o'ynaydi.

Musaev jamoasining navbatdagi yig'ini may oyi oxirida bo'lib o'tadi. 29 va 31 may kunlari Iroq yoshlar terma jamoasi (U-20)ga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyadagi Jahon chempionatida ishtirok etadi. E guruhida Yangi Zelandiya, Xorvatiya va Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Toshkentdagi yig'inga quyidagi futbolchilar chaqirilgan:


Darvozabonlar: Asilbek Omonov (Paxtakor), Sergey Smorodin (Andijon), Akmal Tursunboev (Andijon), Baxodir Mirsoatov (Lokomotiv);

Himoyachilar: Toxir Shamsiddinov (Guliston), Sardor Rahmonov (Lokomotiv), Bobur Yo'ldoshev (Lokomotiv), Javlon Mirabdullaev (Bunyodkor), Azamat Abdullaev (Qizilqum), Iskander Shoyqulov (Mashal), Nodir Sanoqulov (Dinamo);

Yarim himoyachilar: Abbosbek Maxstaliev (Paxtakor), Vladimir Kozak (Paxtakor), Jahongir Abdumo'minov (Mashal), Jamshid Iskanderov (Paxtakor), Sergey Rekun (Paxtakor), Sardor Sobirxo'jaev (Bunyodkor), Ixtiyor Toshpo'latov (Mashal), Muhsin Ubaydullaev (Paxtakor), Diyor Turopov (Olmaliq), Nurbek Nuriddinov (Lokomotiv), Alisher Shog'ulomov (Guliston), Kamron Kapadze (Bunyodkor), Shoxnazar Norbekov (Metallurg), Baxodir Mirzarahimov (Paxtakor);

Hujumchilar: Abdul Aziz Yusupov (Paxtakor), Timur Hakimov (Andijon), Igor Sergeev (Paxtakor), Zabixillo O'rinboev (Bunyodkor), Jasur Hakimov (Paxtakor).

Narzulla SaydullayevMuallif