Bu yaxshi ko'rsatkich, albatta. Chunki o'smirlar terma jamoasidan ko'ra yoshlar termasidagi futbolchilar katta futbol ostonasida turishadi. Ularning keyingi faoliyati kuchli klublar yoki milliy terma jamoa bilan bog'lanishi hech gap emas. Faqat ular mehnat qilishdan to'xtab qolishmasa bo'lgani. Shu o'rinda biz yoshlarimiz ishtirok etgan jahon chempionatida porlagan yulduzlar to'g'risida maqola tayyorlashga qaror qildik. Kimda rivojlanish jarayoni qanday ketganini o'quvchilarimizning o'zlari bilib olishlari mumkin.
Ilk bor 2003 yil BAAda bo'lib o'tgan mundialda Viktor Borisov boshchiligidagi yoshlarimiz qatnashishgan. O'sha tarkibdan keyinchalik Ignatiy Nesterov, Ilhom Suyunov, Mansur Saidov, Jasur Hasanov, Aleksandr Geynrix, Islom Inomov singari futbolchilar yaxshi faoliyat olib borishdi. Biroq ularga o'zlarini xorijda ko'rsatish nasib qilmadi. Ular bilan birga bir chempionat, hatto bir guruhda ishtirok etgan o'yinchilardan ko'pchiligi esa jahon darajasidagi yulduzlarga aylanishdi. Slovakiya terma jamoasidan Marek Chex “Portu” va “Vest Bromvich” klublarida o'ynadi. Hozir u “Trabzonspor”da to'p tepyapti. Uning jamoadoshi Filip Goloshko ham asosan Turkiya chempionatida o'zini ko'rsatyapti. BAA terma jamoasidan esa Ismoil Matar arab mamlakatlarining eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Biroq u BAAni tark etishni afzal bilmadi. Arab o'yinchilari shunday xususiyat bilan ajralib turishadi.
Bizga qarshi guruhda o'ynagan Xaver Maskerano, Pablo Sabaleta, Fernando Kavenagi, Karlos Teves va Gonsalo Rodriges kabi futbolchilar turli mashhur klublar sharafini himoya qilib kelishmoqda. Ular Ispaniya, Angliya, Italiya singari davlatda grand jamoalar safida o'ynashmoqda. Faqat Kavenagi Rossiyadagi omadsiz bahslaridan keyin avvalgi saviyasini ushlab qola olmadi. Argentina bilan deyarli teng kurashgan futbolchilarimiz faqat milliy chempionatimizda javlon urishdi xolos. Ispaniya terma jamoasida to'p tepgan futbolchilarning aksariyati la liga jamoalari tarkibida ko'rinish berishgan. Eng mashhurlardan Andres Inesta va Xaver Arismendilarni eslash kifoya. Bu futbolchilar mundialdan keyin ham yuqori saviyali uchrashuvlarda ishtirok etib, mashhur mutaxassislar qo'lida mashg'ulotlarda qatnashishgan. Biznikilar esa oliy liga, nari borsa OCHL uchrashuvlarida o'zlarini ko'rsatdilar. Murabbiylar haqida ortiqcha gapirmasak ham bo'ladi.
2003 yil Avstraliya terma jamoasida Karl Valeri, Mayl Jedinak, Aleks Broski va Mett Makkey, Braziliyadan Dani Alvesh, Daniel Karvalyu, Nilmar, Kleber, Korrea, Fernandino, Kolumbiyadan Freddi Guarin, Misrdan Husni Abdrabu, Angliyadan Jeyms Milner, Yaponiyadan Eyji Kavashima, Yasuyuki Konno, Xiroki Sakata, Germaniya yoshlaridan Kristian Lell, Robert Xut, Pyotr Troxovski, Paragvaydan Nelson Valdes va AQSHdan Klint Dempsi kabi futbolchilar butun dunyo taniydigan futbolchilarga aylanishdi. Ularning aksariyati kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi, Yevropaning eng kuchli birinchiliklarida maydonga tushishdi. Bizdan kuchli beshlik tarkibidagi chempionatlarda o'ynagan birgina futbolchi Ilyos Zeytullaev bor bo'lgan bir paytda (u ham atigi 2 bahsda o'ynagan) boshqa jamoadagi bizga tanish o'yinchilar har mavsumda 10tadan ko'p to'p kiritib kelishmoqda.
2009 yil Misrda o'tkazilgan mundialda Ahmad Ubaydullaev boshchiligida yurtimiz sharafini himoya qilgan yoshlarimizdan bugungi kunda milliy terma jamoaga faqat Islom To'xtaxo'jaev va Jasur Hasanov taklif etilyapti. Aslida ulardan ham umidimiz katta bo'lgandi. Biroq ularning yanada yuqori saviyaga ko'tarilishlariga oliy ligamizning past saviyada ekanligi to'sqinlik qildi. Kuchli milliy chempionatga ega bo'lmas ekanmiz, o'smirlar yoki yoshlar miqyosida jahon chempionatida ijobiy natijalarga erishishning foydasi sezilmaydi. Chunki futbolchining 19 yoshdagi emas, balki 24 yoki 28 yoshdagi holati ko'proq ahamiyatga ega.
Misrda boshqa jamoalar safida maydonga tushganlardan kimlarni bugungi kunda yulduzlar safiga qo'shish mumkin? Ispaniyadan Serxio Asenxo, Sezar Aspilikueta, Xordi Alba, Fran Merida, Oriel Romeu, Oskar De Markos, Janubiy Koreyadan Ku Ja Chol, Kim Ko Kyun, Germaniyadan Stiv va Lars Bender, Lyuis Xoltbi, Angliyadan Martin Kelli, Ganadan Jon Mensa, Agemang Badu, Andre Ayyu, Urugvaydan Gaston Ramires, Sebastyan Koates, Nikolas Lodeyro, Braziliyadan Duglas Kosta, Aleks Teysheyra singari o'yinchilarni etirof etsa bo'ladi. Ularning deyarli barchasi Yevropadagi kuchli chempionatlarda o'ynab ulgurishdi.
Afsuski, bizning o'sha tarkibdan faqat sanoqlilari ayni paytda oliy ligada klublar safida muvaffaqiyatli o'ynab kelishmoqda. Bu ketishda Ahmadjon Musaev shogirdlari orasidan ham biz ko'rishni istaydigan chempionatlarda to'p tepadiganlar soni yo 1-2 nafar bo'ladi, yoki umuman bo'lmaydi. Chunki taklif bo'lgan futbolchilarni hozirdanoq xorijga qo'yib yuborish kerak. Aks holda, ular oliy liga saviyasida qotib qolishadi. Boshqa tarafdan bizning o'yinchilar hali chet elda o'zlarini ko'rsatishmagan. Shu sababli takliflar bo'lishiga ishonish qiyin. Albatta, bazi yetakchilarni hisobga olmaganda. Qolaversa, yurtimizdagi murabbiylarning mahorati o'sha o'yinchilarning asosiy jamoaga ko'nikib borishi va o'sishiga kamlik qilyapti, shekilli. Ko'plab iqtidorli yoshlarga ega bo'lgan holda ularni rivojlanish tugul, o'sha saviyada ushlab qolishga ham kuchimiz etmayapti. Bu eng katta muammolardan biridir. Bu borada bir misolni keltirib o'tish mumkin. 2009 yil Yevropada 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoalar chempionatida g'alaba qozongan Germaniya terma jamoasidan o'nga yaqin futbolchi milliy terma jamoaga jalb qilingan!
Hozirda o'sha tarkibdan Manuel Noyer, Benedikt Xevedes, Jerom Boateng, Sami Xedira, Mesut Ozil, Marko Marin, Mats Xummels, Ruben Kastro va Marsel Shmelcer milliy terma jamoa a'zolari hisoblanadi. Bu ko'rsatkichga faqat havas bilan boqish mumkin. Shunday vaziyat hozir Gollandiya, Italiya va Ispaniya bilan ham yuz beryapti. Yoshlar va 21 yoshgacha jamoalardan keyinchalik milliy termaga 10 nafar atrofida o'yinchilar jalb etilmoqda. Demak, ular o'sha musobaqalardan yo'qolib qolishmayapti. Shuningdek, 18 yoki 19 yoshda milliy terma jamoaga jalb etilib, sekinlik bilan yuqori saviyadagi o'yinlarga ko'niktirib borilishmoqda. Biz esa bu jarayondan o'tish bo'yicha salbiy bahoga egamiz. Balki, yuqoridagi mamlakatlarga tajriba almashish maqsadida har yili mutaxassislarni yuborish kerakdir. Xorijlik murabbiylarning taklif etilishi ham masalaga echim bo'lishi mumkin.
Behzod NAZAROV.