Yoshlar ligasi: to'purarlar bahsida omad kimga kulib boqadi?!

Narzulla Saydullayev
7 avg 2015
Bugun Yoshlar ligasining 17-turidan o'rin olgan “Nasaf” - “Olmaliq” jamoalari to'qnashuvida muxlislar nafaqat jamoalarning shiddatli bahsiga, balki ushbu musobaqa to'purarlarning o'zaro kurashiga ham guvoh bo'lishadi.

Gap shundaki, ayni paytga kelib Yoshlar ligasi bellashuvlari to'purarlar bahsida bugun maydonga o'zaro ro'baru keladigan jamoalarning hujumchilari qo'shpeshqadamlik qilishmoqda. O'tkazilgan 16 turdan keyin “Olmaliq” hujumchisi Doniyor Ismoilov va “Nasaf” yoshlari to'purari Dilshod Xushbakov 9 tadan gol kiritishib, to'purarlar bahsida yetakchilik qilishmoqda.

Yoshlar ligasi, 17-tur.
“Nasaf” – “Olmaliq”
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.
Bosh hakam: Ishoq Ibragimov (Nukus).
Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz