Yoshko Gvardiol - "Barselona"ning transfer maqsadi

Alisher Ostonov
20 dek 2025
Ispaniyaning "Barselona" klubi kamida 4-5 yil davomida jamoani kuchaytira oladigan markaziy himoyachi qidirmoqda.

Insayderlar ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar ro'yxatida "Manchester Siti"dan Yoshko Gvardiol va "Inter"dan Alessandro Bastoni ustuvorlik qilmoqda. "Ko'k-anorranglilar" o'z moliyaviy muammolarini hal qilgandan so'ng aniq takliflar bilan chiqishga tayyor. Qayd etilishicha, "Barselona" yangi futbolchi markaziy himoya va chap qanotda harakat qila olishiga umid qilmoqda.

Yoshko Gvardiol - 23 yoshli Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi. Alessandro Bastoni 26 yoshda, u 2020 yildan beri futbolchi Italiya terma jamoasida o'ynaydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Mundo Deportivo