Yorqin Nazarov "Surxon"da ish boshladi

Aslanov Jasurbek
3 sen 2021
"Andijon"dan ketgan murabbiy "Surxon"da.

Ko'pchilik futbol muhlislariga yaxshi tanish bo'lgan mutaxassis Yorqin Nazarov "Surxon" futbol klubida texnik direktor sifatida ish boshladi. Tajribali murabbiy birinchi davra davomida dastlab "Andijon"da yordamchi so'ng bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgandi. Bunga qadar "Bunyodkor" akademiyasida,"Sho'rtan" klubida bosh murabbiy, "Bunyodkor" asosiy tarkibida Vadim Abramovga ko'maklashgan, hamda "Bunyodkor-2" jamoasini boshqargandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати