Yoro "Real" va "Manchester Yunayted"dan birini tanlaydi

Alisher
14 iyul 2024, 21:21
"Lill" himoyachisi Leni Yoro tez orada "Real" va "Manchester Yunayted"dan birini tanlaydi.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" 18 yoshli o'yinchi uchun 40-50 million evro to'lashga tayyor. "Qizil iblislar" besh mavsumlik shartnoma va uni bir yilga uzaytirish to'g'risidagi bandni taklif etishmoqda.

Oldinroq, matbuotda Leni Yoroning "Real"ga o'tishni afzal ko'rayotgani haqida xabar chiqqandi. Yosh o'yinchining "Lill" bilan shartnomasi 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky