Yo'q, Keyn uchun yangi da'vogar paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 16:29
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn baribir klubni tark etishi mumkin.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" rahbariyati angliyalik futbolchini tarkibga qo'shib olmoqchi. U Gonsalo Iguainning o'rniga munosib ko'rilmoqda. Oldinroq argentinalik hujumchi koronavirus sababli Italiyaga kelishni istamayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

26 yoshli Keyn ushbu mavsumda 25 o'yinda 17 gol urdi va 2 assistentlik qayd etdi. Uning klub bilan kelishuvi 2024 yilga qadar davom etadi.

Bugun uning xizmatlaridan "Real" va "Manchester Yunayted" voz kechgani borasida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport