Yopiq tarzda o'tkazilgan o'yinda "MYU" "Betis"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2013, 08:12
"Manchester Yunayted" klubi Ispaniyaning "Betis" klubiga qarshi AON mashg'ulotlar kompleksida yopiq holatda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Ushbu uchrashuvda "qizil iblislar" 3:0 xisobida yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Kutilganidek uchrashuvda asosiy jamoa futbolchilari Ueyn Runi, Luish Nani, Nemaniya Vidich va Chicharito maydonga tushirildi. 

Aytish joyizki asosiy jamoa futbolchilari orasida faqatgina Chicharito raqib darvozasiga gol ura olmadi. Gollarni Runi, Nani va Vidich kiritgan holda "Manchester Yunayted"ning yirik g'alabasiga hissa qo'shdi.

"Manchester Yunayted" - "Betis" 3:0
Gollar:
Runi, Nani, Vidich.
"MYU" tarkibi: Jonstoun, Vermiyl, M.Kin, Vidich, Blekett, Nani, Petruchchi, Ekangamene, Koul, Chicharito, Runi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manunited.uz