

Bizga ma'lum bo'lishicha, ushbu o'yinda Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov hakamlik qiladi. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o'tkaziladi, yani stadionga muxlislar va jurnalistlar kiritilmaydi.
Avvalroq, "Sport" telekanali mazkur o'rtoqlik o'yinini to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilishni rejalashtirgan edi. Lekin terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuvni yopiq eshiklar ortida o'tkazishni lozim deb topdi.



