Yo'g'e?! PSJ uchinchi turdan keyinoq guruhdan chiqishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 okt 2019, 16:48
Bugun PSJ uchta turdan so'ng UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqqan birinchi jamoaga aylanishi mumkin.

Parij klubi "A" guruhidagi dastlabki ikki turda "Real" va "Galatasaroy"ni mag'lub etdi. Agar parijliklar "Bryugge"ni taslim etishsa, "Galatasaroy" hamda "Real" o'rtasidagi bahsda durang qayd etilsa, Tomas Tuxel jamoasi 1/8 final masalasini ijobiy hal qiladi.

Bunaqasi hozirgacha Chempionlar ligasi tarixida sodir bo'lmagan. Faqat Yevropa ligasida "Sporting" 2011/12 mavsumda ushbu natijaga erishgan.


Chempionlar ligasi guruh bosqichi rekordlari

Guruhda 6ta g'alaba

"Milan": 1992/1993 (finalgacha yetib borgan)

PSJ: 1994/1995 (chorak final)

"Spartak": 1995/1996 (chorak final)

"Barselona": 2002/03 (chorak final)

"Real": 2011/12 (yarim final), 2014/15 (yarim final)


Guruh g'olibi va ikkinchi o'rin o'rtasidagi eng katta farq

11 ochko: "Spartak" (1995/1996), "Barselona" (2002/03), "Real (2014/15)


Ko'p ochko to'plab, guruhdan chiqa olmaganlar

12: "Napoli" (2013/14), PSJ (1997/98)


Kam ochko to'plab, guruhdan chiqqanlar

6: "Zenit" (2013/14)

5: "Milan" (1994/95)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA