Yo'g'e?! "Inter" Ikardini 80 mln. evroga sotib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2019, 16:22
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi joriy mavsum oxirida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining agenti va xotini bo'lgan Vanda Nara bilan yangi shartnoma bo'ycha kelisha olmagan nerazzurilar rahbariyati forvardni yozda sotishga qaror qildi. Ikardining shartnomasidagi tovon puli 110 mln. evro, biroq "Inter" narxri pasaytirib, futbolchini 80-90 mln. evroga pullashga rozi.

13 fevral kuni Ikardidan sardorlik bog'ichi olib qo'yilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della sera