Yoaxim Lyov Xummelsni Bundesligada qolganidan xursand

12 may 2016, 00:35
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Mats Xummelsning Dortmunddan Myunxenga ko'chib o'tganiga o'z munosabatini bildirdi.


- Shuni qayd etishim lozimki, Xummels bundesligada qolganidan juda xursandman. Agarda Germaniya terma jamoasi a'zolari bundesligada qolishayotgan bo'lsa, bu unda ichki chempionatimiz boshqa ligalardan kam emasligini bildiradi. Bundesliga Angliya premer ligasi va La Ligadek juda qiziqarli chempionat. Men ko'p marotaba terma jamoa futbolchilari bilan suhbat quraman. Ammo bu suhbat jarayonida ularga faoliyatlarini qayerda davom ettirishlari haqida maslahat va tavsiyalar bermayman.

O'xshash yangiliklar


Manba: Kicker