Yoaxim Lev: "Ikkinchi bo'limda o'yinni to'liq nazorat qildik"

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2016, 09:32
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Evro-2016 guruh bosqichi doirasida Ukraina ustidan qozonilgan g'alaba (2:0)ni sharhlab o'tdi.

"Ukrainaning bugungi o'yini meni ajablantirmadi, ularning oxirgi ikki yildagi ko'plab uchrashuvlarini ko'rdim. Bu jamoaning himoyasi juda kuchli, o'yinchilari jismonan kuchli, havodagi to'plar uchun kurashda ajoyib tarzda harakat qilishadi. Ukrainaliklarda qarshi hujumlarni xavfli ko'rinish olishini taminlab beruvchi driblingi yuqori bo'lgan juda tezkor qanot yarim himoyachilari bor. Terma jamoaning asosiy o'yinchilari "Shaxtyor" yoki "Dinamo"da to'p tepishadi, bu ularga doimiy tarzda Chempionlar ligasida o'ynash va xalqaro tajriba to'plash imkoniyatini beradi. Ukrainaliklar guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega", - deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "TASS".

Shuningdek, murabbiy ikkinchi bo'lim to'lig'icha shogirdlarining nazorati ostida o'tganini ta'kidlab o'tdi.

"Birinchi bo'lim yuqori tempda o'tdi, ko'p yugurishga to'g'ri keldi. Biz raqibga bir necha bor xavfli qarshi hujum uyushtirish imkoniyatini berib qo'ydik. Ikkinchi bo'limda esa bu muammoning echimini topdik va vaziyatni to'liq o'z nazoratimizga oldik. To'pni raqibga deyarli bermadik", - deydi Lev.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ТАСС