Yoan Kabayning keyingi jamoasi ma'lum

Alisher
26 avg 2019
Fransiyalik yarim himoyachisi Yoan Kabay "Sent-Eten" bilan shartnoma imzolaydi.

PSJ sobiq o'yinchisi Fransiyaning "Sent-Eten" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Futbolchi BAAning "Al Nasr" klubi tarkibiga o'tgan yili borib qo'shilgan edi. Ammo, Yoan hozir raqobatdoshroq chempionatga ko'chib o'tishni xohlamoqda.

33 yoshli fransiyalik o'yinchi joriy mavsum "Al Nasr" safida 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.

Kabay faoliyati davomida "Al Nasr"dan tashqari "Lill", "Nyukasl", PSJ va "Kristal Pelas" klublarida o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, Yoan Kabay 2010-2016 yillar davomida Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe