Yerro "Valyadolid"da ish boshlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
12 may 2021
"Marca" nashrining xabariga ko'ra, "Real" sobiq futbolchisi Fernando Yerro "Valyadolid" sport direktori etib tayinlanishi mumkin.

Xabar qilinishicha, u allaqachon klub bilan bir necha bor muzokaralar o'tkazgan.

Yerroni taklif qilish tashabbusi "Valyadolid" prezidenti braziliyalik Ronaldodan chiqqani aytilmoqda.

Ayni paytda "Valyadolid" 31 ochko bilan 17-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca