Yaya Ture: "Yomon maydonlar bilan meni hayron qoldirolmaysiz, axir men Ukraina chempionatida o'ynaganman-ku"

Tolibjon Qosimov
10 okt 2013, 15:26
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan SSKAga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"SSKA o'z mamlakatida doimiy ravishda yuqori o'rinlarda yuradi. O'tgan mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqdi. Bularning barchasi uning kuchli klubligidan darak".

"Rus futboli haqidagi tasavvurlarim uncha kam deb bo'lmaydi. U haqida menga Dumbiya, Traore, Igor Lolo va Abdul Razzoq kabilar ko'p gapirib berishadi".

"Manchester Siti" uchun guruhdan chiqadigan vaqt keldi. SSKA ustidan g'alaba qozonishga urinamiz. Bu oson bo'lmasa ham.

"Ximki" stadioniga keladigan bo'lsak, men Ukraina chempionatida ham o'ynaganman. Maydon bilan bog'liq haqiqiy muammolar nima ekanini yaxshi bilaman. bu bilan meni hayron qoldirib bo'lmaydi", dedi Ture.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru