
Bu g'alaba tufayli "shaharliklar" "Sautgempton"ni ortda qoldirib 2-o'ringa chiqib oldi.
"Bu biz uchun juda yaxshi natija bo'ldi. "Sautgempton" bu mavsumda juda yaxshi o'ynab, o'z maydonida ko'p gol urayotgandi, ammo jamoamiz bir yoqadan bosh chiqarib, g'alabaga erishdi. Agueroning o'zi bugun gol urmadi, ammo u jamoadoshlariga katta yordam berdi. Imkoniyat bo'lsa barcha yarim himoyachilarimiz gol urishga harakat qilishadi.
Men doimo jamoamiz uchun yordam berishga intilaman. Premer-ligada raqobat katta va oxirigacha kurashish kerak. Biz hozirgidek o'ynashni davom ettirishimiz kerak" - deydi Ture.