Yaya Ture faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
10 may 2019, 16:27
Iuvarlik yarim himoyachi Yaya Turening agenti Dmitriy Selyukning so'zlariga ko'ra, 35 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Yaya faoliyatini yakunladi. "Manchester Siti" uyushtirgan xayrlashuv bahsi haqiqatdan ham uning faoliyati nihoyasi edi.

Yaya murabbiylik licenziyasini oldi va iyundan boshlab biror jamoada ikkinchi murabbiy bo'lib ishlashi mumkin. U biror klubga nafaqat ikkinchi murabbiy, balki sport direktori yordamchisi yoki prezidentning sport bo'yicha assistenti bo'lib o'tadi. Yayada Rossiya va Ukrainadan takliflar bor" - deydi Selyuk.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport24