Yaya Ture "Axmat" murabbiylar shtabiga kirdi

Alisher
14 iyun 2021
"Barselona" va "Manchester Siti" sobiq futbolchisi Yaya Ture "Axmat" murabbiylar shtabiga kirdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. U bilan imzolangan shartnoma 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

38 yoshli Yaya Ture faoliyati davomida "Beveren", "Metallurg" (Doneck), "Olimpiakos", "Monako", "Barselona", "Manchester Siti" va "Cindao Xaynyu" klublarida o'ynagan.

U joriy yilda Doneckning "Olimpik" klubida assistent murabbiy bo'lib ishlagan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/akhmatgrozny