Jumladan, hamyurtimiz Husniddin G'ofurov to'p suryotgan Serbiya premer ligasining 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
G'ofurovning jamoasi bo'lmish Ivanicaning "Yavor" klubi kecha o'z maydonida "Vojdovac" jamoasini qabul qildi. Bahsning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. O'yinning ikkinchi taymi esa "Yavor" uchun omadsiz kechdi va jamoa o'z darvozasidan ikkita to'p o'tkazib yubordi. Shu tariqa Bogicha Bogichevich boshqaruvidagi jamoa chempionatdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Championat.asia ning aniqlashicha, 19 yoshli hujumchi Husniddin G'ofurov bu safar tarkibga kiritilmagan.