Yarmolenko qishda “Liverpul”ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013, 11:48
Kievning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Andrey Yarmolenko, shu yilning qish mavsumida “Liverpul”ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi Sports Direct News.

“Qizillar” 23-yoshli futbolchini yozda sotib olishga harakat qilishgan edi, biroq tomonlar transfer narxi bo'yicha kelisha olishmagan. Ammo angliyaliklar o'yinchini sotib olish fikridan qatishmagan, shu sababli ular “Dinamo” klubi prezidenti Igor Surkisdan Yarmolenkoni yaqin transfer oynasi paytida sotishni ko'ndirishga urinib ko'rishadi. Bundan tashqari futbolchiga “Zenit” klubi ham qiziqmoqda va klub u uchun 27 million evro berishga tayyor. 2013/14 mavsumi davomida Yarmolenko Ukraina chempionatida 7 ta o'yinga maydonga tushib, 3 gol kiritishga va 1 golli to'p uzatishni amalga oshirishga erishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru