Yaqin o'tmishning yulduzlari hozir nima bilan bandlar?

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2014, 14:13
Ko'pgina futbolchilar faoliyatlarini yakunlaganlaridan so'ng o'zlarini murabbiylik sohasida sinab ko'radilar.
Bunday futbolchilar ko'p. Biz esa bugun yaqin-yaqingacha maydonda to'p tepgan futbolchilarning murabbiylik bilan emas, boshqa ishlar bilan shug'ullanishayotganligini ko'rishimiz mumkin. Kimdir moda ichida, yana kimdir avtopoygachi...

Faber Bartez faoliyatini yakunlaganidan so'ng, o'zini avtopoygachilikda sinab ko'rdi. U hattoki o'tgan yili Fransiya chempionligini ham qo'lga kiritdi. Ayni paytda esa PSJ darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda  


Emmanuel Peti futbol tahlilchisi sifatida ish olib bormoqda. U 2011 yilda o'zining mashhur soqolini oldirib tashladi va 34 ming funtga sotib, uni hayriya yo'lida ishlatdi


Brayn Laudrupda 2010 yil kasallik aniqlangan. Uch oydan so'ng esa ushbu kasallikdan halos bo'lib, davolanishga muvaffaq bo'ldi. Hozir Daniyada o'zining hususiy futbol akademiyasini boshqarmoqda 


"Valensiya"ning sobiq darvozaboni Santyago Kanisares ham avtopoygada o'z omadin sinab ko'rdi. Shu bilan birgalikda TVdagi turli hil shoularda ishtirok etib keladi


Mikael Rayciger faoliyatini yakunlaganidan so'ng Barselonadagi OAVlarda tahlilchi sifatida ish olib boradi


Stiv Makmanamanni asosan qur'a tashlash marosimlarida ko'rib turamiz. Undan tashqari TVda futbol o'yinlarini ham sharhlab turadi. O'tgan yildan boshlab esa "Liverpul" yoshlar jamoasini boshqarib kelmoqda


Yaponiyalik mashhur futbolchi Xiditoshi Nakata futboldan so'ng moda olamida ish boshladi. U podiumda chiqish qiladi va modaga oid jurnalda muharrir sifatida faoliyat yuritadi


Devid Bekxem MLSda o'zining klubini ochish harakatida yuribdi


Bo'yi uncha ham baland bo'lmagan darvozabon (168 sm) Xorxe Kampos avvaliga Meksika terma jamoasida ishladi. Hozirda esa o'zining bir qancha kafelari orqali "soqqani bosiiib" yuribdi


Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia