Yaqin kunlarda "Chelsi" yangi bosh murabbiyni tanishtiradi

Mirjalol Normatov
14 iyun 2018, 11:55
Yaqin kunlarda Mauricio Sarri "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

"SkySports" xabariga ko'ra, Roman Abramovich murabbiy Mauricio Sarri bilan kelishib olgan va Antonio Konte bilan xayrlashishi aniq bo'lgan. Ushbu hafta oxirida "Chelsi" Sarrining jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtiradi.

Oldinroq londonliklar italiyalik murabbiyga yiliga 8 million evro maosh to'lashi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports