Yaponiyalik futbolchi "Nyukasl"ga o'tishga yaqin

Xayrulla Xoliqov
26 iyul 2018, 12:22
Yaponiya terma jamoasi a'zosi Yoshinori Muto Angliyaning "Nyukasl" klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Ma'lumki, hozirda ushbu futbolchi Germaniyaning "Maync" klubi a'zosi hisoblanadi. "Maync" sport direktori Kristian Xeydelning aytishicha, klub Mutoning ketishiga qarshi emas.

"Biz ingliz pullari Bundesligaga kirib kelishini xohlaymiz. Buning yomon tarafini ko'rmayapman. Pul topish yo'li oson, Angliya klubidan taklif tushsa futbolchini sotasiz. Pulni olasiz, rahmat deysiz va e'tiborni boshqa futbolchi tarbiyalashga qaratasiz", - deydi Kristian Xeydel.

"Maync" 2015 yilning yozida boshqa bir yapon futbolchisi Shinji Okazakini 10 million funt evaziga "Lester"ga sotgandi. Okazaki APLga borgach "Lester"ning chempion bo'lishida yordam berdi. Endilikda bu klub Mutoni ham mo'maygina pulga pullamoqchi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia