Yaponiya JCH-2014 yo'llanmasiga ega bo'ldi!

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2013
JCH-2014 saralashi doirasidagi Yaponiya - Avstraliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda 81-daqiqada hisob ochildi. Tommi Oarning kutilmagan zarbasi Kavashima qo'riqlayotgan darvozasiga kirib ketdi - 0:1. Yaponlar bugun JCH-2014 yo'llanmasiga ega bo'lishlari uchun kamida durang qayd etishlari lozim edi. 90-daqiqada mehmonlar vakili to'pni o'z jarima maydoni ichida qo'li bilan o'ynagani uchun penalti belgilandi. Uni Keysuke Xonda aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi - 1:1. Bu esa Yaponiyani Braziliyaga borishi uchun etarli bo'ldi. JCH-2014 mezboni Braziliyadan so'ng ikkinchi yo'llanma Yaponiyaga nasib etdi.

Yaponiya – Avstraliya 1:1 (0:0, 1:1)
4 iyun, Saitama Stadium 2002
Gollar:
0:1 – 82 Oar, 1:1 – 90, penalti Xonda.
Yaponiya – Kavasima, Nagatomo, Konno, Yosida, Uchida (Xavenar, 86), Kagava, Endo, Xonda, Xasebe, Maeda (Kurixara, 80), Okadzaki (Kiyotake, 88).
Avstraliya – Shvarcer, Uilkshir, Ognenovski, Breshiano, Nil, Keyxill, Makkey, milligan, Oar, Kruz (A. Tompson, 90), Xolman (Vidoshich, 72).
Ogohlantirishlar: Xasebe (22), Breshiano (88), Makkey (90).
 

JCH-2014 saralashi
"B" guruhi

Musobaqa jadvali:

1. Yaponiya - 14 ochko (7 o'yin)
2. Avstraliya - 7 (6)
3. Iordaniya - 7 (6)
4. Ummon - 6 (6)
5. Iroq - 5 (5).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: