Bu borada ayni damda "Yangier" rahbariyatida mexnat qilib kelayotgan Erkin Davlatov bilan shbatlashganimizda, haqiqatdan ham jamoaning bugungi kunda moddiy jihatdan ancha qiynalib qolganligini va ikkinchi bosqichga hali beri futbolchilarni yig'a olishmagani aytgandi. Shu bois "Yangier"ning ikkinchi bosqichda ishtirok eta olmasligi to'g'risida rahbariyat PFLga yozma ravishda xabar berganini takidlagandi.
Bugun esa ishonchli manbalarning aytishlaricha "Yangier"da yuzaga kelgan muammo bartaraf etiladi va jamoa ikkinchi bosqichda ham ishtirokini davom ettiradigan bo'lib turibdi. Vaziyatga jiddiy yondoshib, yana klub vakillari bilan bog'lanishga urindik.
"Hozircha bunga biron-bir izoh berishga qiynalaman", - deya gap boshladi jamoa boshlig'i G'ofur Rahmonov. Ochig'i, ushbu masala hamon ochiq turibdi. Lekin PFLga bu borada ogohlantirish xati berganmiz. Ular ham amaliy yordam beramiz jamoani ishtiroki uchun deyishgan. Menimcha bu hayit bayramidan so'ng aniq bo'lsa kerak. Yaxshisi, yana bir-ikki kundan so'ng xabarlashaylik" deya xolatga qisqacha izox berib o'tdi G'ofurov.
Shu kungacha "Yangier"ni boshqarib kelgan Xayrulla Abdiev yaqinda "Chust-Paxtakor" boshqaruvini qo'lga oldi. Shuningdek jamoa safini ko'plab futbolchilar tark etib ulgurgan. Shunday ekan, ikkinchi bosqichga puxta tayyorgarlik ko'rmagan "Yangier" qaysi futbolchilar xizmatidan foydalanadi? Bosh murabbiylik kimning gardaniga yuklatiladi? Shu kabi savollar yuzga kelmoqda. Bizga ma'lum bo'lishicha "Guliston" zaxirasida qolib ketayotgan va yoshlar jamoasidagi bir qator futbolchilar "Yangier"ga o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Yana kim biladi deysiz. Voqealar rivojini kuzatamiz.
Islombek Rustambekov.