Yang yangi shartnoma bo'yicha 6 mln. funt oladi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2017, 21:57
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Eshli Yang uchun yangi shartnoma tayyorlab qo'ydi.

32 yoshli futbolchining shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi, biroq klubdagilar inglizning o'yinidan mamnun va u bilan hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yangi bitim bo'yicha futbolchining maoshi oshadi. Eshli Yang yiliga 6 mln. funt ishlab topadi. Joriy mavsumda Yang MYU safida 11ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun