Yana bir top-mutaxassis "Nyukasl"ga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
15 okt 2021, 22:51
"Nyukasl" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi sifatida Zinedin Zidanni ko'rishni istagandi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, Angliya klubi 49 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar olib borgan, biroq francuz rad javobini bergan. Qayd etilishicha, mutaxassis klublarda ishlamoqchi emas. U Fransiya termasini boshqarmoqchi.

Oldinroq "Nyukasl"ga Rafael Benites hamda Brendan Rojers ham rad javob bergandi. Klubning yangi egalari APLda navbatdagi uchrashuvga qadar Stiv Bryusni iste'foga chiqarishni reja qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport