Yana bir chempionat muddatidan avval yakunlandi

23 may 2020, 08:54
Futbol bo'yicha Meksika chempionati yakunlandi.

Koronavirus pandemiyasi sabab Meksika chempionatining 2019/20 yilgi mavsumi muddatidan avval yakuniga etdi. Chempion nomi e'lon qilinmadi. 2021 yilgi KONKAKAF Chempionlar Ligasida chempionat tugatilishidan oldin 1 va 2-o'rinni band etib turgan “Krus Asul” hamda “Leon” jamoalari ishtirok etadigan bo'ldi.

Yangi mavsumning qachon boshlanishi esa iyun oyining avvalida e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD