Yana 2 grand Messini sotib olmoqchi emasligi ma'lum bo'ldi

26 avg 2020, 23:07
"Barselona" forvardi Lionel Messi oxirgi 24 soat OAV diqqat markazida turibdi.

Bir qator grand klublar nomi argentinalik o'yinchi bilan bog'lanmoqda. 

So'nggi soatlarda jurnalist Kristian Falk "Bavariya" Leoni sotib olish niyatida emasligi to'g'risida xabar qilgan bo'lsa, Fabricio Romano "Oltin to'p"ning 6 karra g'olibi "Yuventus" uchun qiziq emasligini ommaga ma'lum qildi.

Avvalroq PSJ ham Lionelni sotib olishni rejalashtirmagani haqidagi xabarlar ham tarqalgandi.

Faqat "Manchester Siti" Messiga "Nyu-York Siti"ga o'tish varianti bilan 3 yillik shartnoma taklif qilishi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca