Yamal "Selta"ga qarshi o'ynamaydi

Omonjon To`xtamirzayev
22 noya 2024
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 17 yoshli vinger Lamin Yamal o'yinda jarohat sabab ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi.

"Biz uchun u 100% tiklanishi muhim. "Selta"ga qarshi o'yinda u maydonga tushmaydi. U jamoamiz uchun juda muhim futbolchi. Ko'ramiz, qachon u to'liq tayyor bo'la olarkin".

Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal YCHL doirasidagi "Crvena Zvezda"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. 

Ta'kidlab o'tamiz, "Barselona" La Liga 14-turi doirasida Vigoda "Selta"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin ertaga tunda bo'lib o'tadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: El Chiringuito TV