Yamal Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan chiqarildi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025
Ispaniyalik vunderkind chov sohasidagi davolanish tufayli Gruziya va Turkiyaga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

"Barselona" yulduzi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 saralash bosqichidagi so'nggi o'yinlarida qatnashmaydi. 

Vunderkind chov sohasidagi noqulaylik tufayli terma jamoa tarkibidan chetlashtirilgani va bu 7-10 kunlik reabilitaciyani talab qilishi aytilmoqda. Ispaniya terma jamoasidagilar futbolchi davolanishni oldindan ogohlantirmasdan boshlaganidan hayratda.

Yamal chov sohasidagi jarohati tufayli bu mavsum "Barselona" safida 4 o'yinni o'tkazib yuborgandi. Uning terma jamoadagi so'nggi o'yini 7 sentyabr kuni Turkiyaga qarshi bo'lib o'tgan. Lamin joriy mavsum La Liganing 8 o'yinida 4 ta to'p kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com