Yagielka to'rt haftaga safdan chiqdi

Omonjon To`xtamirzayev
30 dek 2014, 18:20
"Everton" himoyachisi Fil Yagielka deyarli bir oy maydonga tusha olmaydi.

L'Equipe ning xabariga ko'ra, futbolchini oyog'idagi jarohat bezovta qilmoqda. U jarohatini Angliya chempionatining "Sanderlend"ga (0:1) qarshi bo'lgan uchrashuvida orttirib olgan. Aynan shu sabab chempionatning navatdagi turida "Sautgempton"ga qarshi o'yinda maydonga tushmadi (2:1). "Everton" bosh murabbiyi Roberto Martines jarohat, tig'iz tuzilgan o'yinlar taqvimi va charchoq sababli yuzaga kelgan, deb aytib o'tdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru