"Yablonec" bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'ynash biz uchun sharaf"

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2016, 18:30
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Avstriyadagi yig'in doirasida Chexiyaning "Yablonec" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Chexiya klubining rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, "Yablonec" Germaniyaning "Kayzerslautern" klubiga qarshi o'ynashi kerak edi. Ammo kutilmaganda nemislar o'yinni bekor qildi va bu bahs o'rniga O'zbekiston terma jamoasiga qarshi uchrashuv bo'lib o'tishi e'lon qilindi.

"Kayzerslautern" biz bilan o'yinni bekor qilganidan afsusdamiz. Endi O'zbekistonga qarshi maydonga tushamiz. Har qanday terma jamoaga qarshi o'ynash biz uchun sharaf. Raqib jamoa haqida ko'p narsani bilmayman, ammo ular safida Ukraina va Rossiya chempionatlarida o'ynaydigan futbolchilar bor ekan. Yana bir qiziq bahs guvohiga aylanamiz, ammo bu safar Osiyo futboli vakili bilan.

Ruminiya jamoasiga qarshi o'ynadik va raqib sifatli futbol namoyish etdi. O'zbekiston terma jamoasiga qarshi bahs ham shunday o'tadi degan umiddaman" - deydi "Yablonec" bosh murabbiyi Zdenko Frtala.



Saytimizning Telegramdagi rasmiy kanaliga obuna bo'ling: "Championat.asia"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia