

Ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bir tekis o'ynay oladigan Xurshid Muxtorov to'rt yillik tanaffusdan so'ng yana temiryo'lchilar safiga qaytdi.
Xurshid Muxtorov katta futboldagi faoliyatini 2015 yil Qo'qon-1912 safida boshlab, keyinchalik So'g'diyonaga yo'l olgan. U 2016 yil bir davra Loko sharafini himoya qilib, so'ngra AGMKga o'tib ketgandi.
Ushbu futbolchi 2017-2018 yillarni ham AGMK tarkibida o'tkazib, 2019 yil Nasaf hamda 2020 yil Navbahorda faoliyat yuritdi.



