Xuntelar: "Shalke" "Bavariya" va "Borussiya" soyasida qolib ketavermasligi kerak

26 iyul 2013, 12:35
"Shalke" hujumchisi Klas-Yan Xuntelar, jamoasining yangi mavsumdagi muvoffaqiyatini nimalarda ko'rayotgani haqida gapirib berdi.

"Shalke" Bundesligada asosiy rolga chiqib olishi lozim. Biz "Bavariya" va "Borussiya"ning soyasida yuraverishimiz kerak emas. Buning uchun imkoniyatlar etarli. Kuchli va tajribali jamoaga egamiz. Biz o'tgan mavsumda ham nimalarga qodir ekanimizni isbotladik. Faqat bu gap ko'proq uy uchrashuvlarimizga tegishli".

"Mexmondagi o'yinlarda ham ochkolar olishni o'rganish lozim. Men yana ikki yil oldingidagidek sermaxsul o'yinlarim bilan muxlislarni xushnud qilishga harakat qilaman", deydi Xuntelar.

Manba: football.kulichki.net