Xuntelar faoliyatidagi yubiley golini urdi

Bugun Amsterdamning "Ayaks" klubi "Valveyk" (3:0) ustidan g'alaba qozondi (Niderlandiya chempionati 23-turida).

Bellashuvdagi 3-gol 36 yoshli Klas-Yan Xuntelarning nomiga yozildi. Mazkur gol hujumchi uchun professional faoliyatidagi 400-si bo'ldi. Shulardan 151tasi "Ayaks" safida kiritilganini etirof etish kerak. 

Ma'lumot uchun, katta futboldagi ilk qadamini 2002 yilda tashlagan futbolchi PSV, "Real Madrid", "Shalke" va "Milan" singari jamoalarda ham to'p tepgan.


Manba: Opta