Xuntelar faoliyatidagi yubiley golini urdi

16 fev 2020, 22:47
Bugun Amstyerdamning "Ayaks" klubi "Valveyk" (3:0) ustidan g'alaba qozondi (Niderlandiya chempionati 23-turida).

Bellashuvdagi 3-gol 36 yoshli Klas-Yan Xuntelarning nomiga yozildi. Mazkur gol hujumchi uchun professional faoliyatidagi 400-si bo'ldi. Shulardan 151tasi "Ayaks" safida kiritilganini etirof etish kerak. 

Ma'lumot uchun, katta futboldagi ilk qadamini 2002 yilda tashlagan futbolchi PSV, "Real Madrid", "Shalke" va "Milan" singari jamoalarda ham to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta