Xummels van Deykni jahonning eng yaxshi markaziy himoyachisi deb etirof etdi

13 yanv 2019, 12:50
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri Mats Xummels "Liverpul"da faoliyatini davom ettirayotgan van Deyk haqida iliq fikr bildirdi.

Xummels van Deykni hozirgi kundagi eng yaxshi markaziy himoyachi ekanligini ta'kidladi.

Avvaliga germaniyalik himoyachi Tvitter sahifasida muhlislar bilan gaplashayotgandi. Foydalanuvchilardan biri unga van Deykni o'zining poziciyasida eng yaxshi o'yinchi, shunga qo'shilasizmi, deya savol bilan yuzlandi. Mats Xummels ushbu savolga ijobiy fikr bildirdi.

Virjil van Deyk "Liverpul"ga 2018 yilning boshida "Sautgempton" klubidan kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u APLning barcha turida mersisaydliklar sharafini himoya qildi. 1ta gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirgan gollandiyalik himoyachi Premer-ligada dekabr oyining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com