Xummels: "Klopp "Liverpul" bilan Angliya chempionatida g'alaba qozona oladi"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2015, 13:14
Dortmundning "Borussiya" himoyachisi Mats Xummelsning fikricha, "arilar"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Liverpul" bilan Angliya chempionatida g'alaba qozona oladi.

"Klopp "Liverpul" bilan Angliya chempionatida g'alaba qozona oladi. U Germaniyada katta byudjetsiz ham chempion bo'lish mumkinligini isbotladi. Ha, Angliyada yangi futbolchilar sotib olishda cheklovi yo'q jamoalar bor, ammo Yurgen bu bilan qanday kurashishni biladi. U tug'ma g'olib. Uning asosiy maqsadi - Chempionlar ligasiga chiqish emas. Agar jamoa bu turnirga yo'llanma olsa, Klopp olg'a qadam tashlashda davom etadi. Kloppning rejasi "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Chelsi" va "Arsenal" bilan sovrin uchun kurashish" - deydi Xummels.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal