Xummels faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Оқил Абдубарноев
5 iyun 2024
Dortmundning "Borussiya" klubi bilan shartnomasi nihoyasiga etayotgan Mats Xummels Italiyaning "Roma" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Qayd etilishicha, Mats bir necha yillik shartnoma imzolash sharti bilan hatto maoshini kamaytirishga ham tayyor. 

"Roma" tajribali germaniyalik himoyachi bilan tekinga shartnoma imzolashi mumkin - Matsning "asalarilar" bilan tuzilgan shartnomasi iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi. 

35 yoshli futbolchi o'tgan mavsum “Borussiya” safida 40 ta o'yin o'tkazib, to'rt bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia