Xulen Lopetegi: Real Kataloniyada xarakter ko'rsatdi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2018
Real bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Jironaga qarshi o'yindan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Jamoaning mentalitetini qayd etish kerak. O'yin boshi biz uchun og'ir bo'ldi. Raqib Portu orqali qarshi hujumda o'ynadi. Ular hisobni ochishdi va yana gol urishlari mumkin edi, ammo xarakter ko'rsatdik, usiz La Ligada o'ynab bo'lmaydi. Bir xil o'yinlar yo'q.

Tanaffusdan keyin hisob 2:1 bo'lgach, tinchlandik, - deydi Lopetegi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-espana.net