Xuanfran: "Pikega shubha bilan qaraydiganlar o'z fikrlarini o'zgartirishiga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2016, 17:25
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xuanfran Torres jamoadoshi Xerard Pikeni himoya qildi.

"Pike birinchi navbatda Ispaniya terma jamoasida o'ynashga qiziqadi. Xerard buni doimo isbotlab bergan. Uning Chexiya darvozasiga urgan golidan juda xursand bo'ldim. Boshqa jamoadoshim gol urganida ham shunday quvongan bo'lardim. Unga shubha bilan qaraydiganlar fikrlarini o'zgartiradi deb umid qilaman" - deydi Xuanfran.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Cope