

Gretsiya futbol federatsiyasi 59 yoshlik ispaniyalik murabbiyga ikki yillik shartnoma va yiliga 800 000 evro miqdoridagi maoshni taklif qilmoqda.
Agar masala ushbu hafta yakunigacha hal bo'lmaydigan bo'lsa, yunonlar boshqa nomzodlarni o'rganib chiqmoqchilar.
Eslatib o'tamiz, JCH-2014 bahslaridan so'ng Gretsiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Fernandu Santush jamoa bilan hayrlashadi.
Xuande Ramosning "Dnepr" bilan shartnomasi ham ushbu yozda o'z yakuniga etadi.



