
“Runi bilan birgalikda maydonga tushishni intiqlik bilan kutayapman. Fikrimcha, u - Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U gollar uradi va ajoyib to'p uzatishlarni amalga oshiradi.
U bilan birga o'ynash maroqli bo'ladi deb o'ylayman. Raqib jarima maydonida erkin zonalarni topib hujumchilarga golli to'p uzatish qo'limdan keladi va buni isbotlashga harakat qilaman”, - deydi Mata.
Ta'kidlab o'tamiz, ispaniyalik futbolchi yangi klubi tarkibida APL doirasida “Kardiff”ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin.